ROYAL music school vokal kursi, Andijon. Nafas, intonatsiya, diksiya va sahna — individual darslarda. Birinchi darsdayoq sevimli qo'shig'ingizni kuylaysiz.
Ovoz turingiz, diapazoningiz va ovoz xususiyatlaringizni mikrofon orqali bilib oling.
Mikrofonsiz variant: klavishni bosing, notani eshiting va ovozingiz bilan takrorlang. Yongan diapazon — ovoz turingizga eng yaqini.
Mikrofonga kamida 10 soniya kuylang (maksimum 60 soniya).
Bu taxminiy onlayn tahlil. Aniq natija uchun ustoz bilan jonli tinglov kerak.
Har bir o'quvchi uchun alohida dastur: ovoz turi, yosh va maqsaddan kelib chiqib ustoz darsni aynan siz uchun tuzadi.
Darslar faqat yakka tartibda. Ustozning e'tibori va 40–60 daqiqa vaqt to'liq sizniki.
Mikrofon, kolonka, fortepiano va fonogrammalar. O'zingiz bilan faqat suv olib keling.
Nafas va tayanchdan boshlaymiz, shuning uchun ovoz zo'riqmaydi va yillar davomida saqlanadi.
Ustoz siz tanlagan qo'shiqni ovozingizga moslaydi, keyingi darslarda esa uni sahnaga tayyorlaymiz.
Har bir dars uch qismdan iborat: ovozni qizdirish va nafasni rivojlantirish, texnika, qo'shiq. Vaqt taqsimoti bosqichga qarab o'zgaradi.
Diafragmal nafas, tayanch hissi, ovoz apparatini qizdirish. Zo'riqmasdan kuylash asosi.
Notaga toza tushish, interval va gammalar, ritm va metr bilan ishlash.
Ko'krak va bosh rezonatorlari, registrlar o'tishi, aniq talaffuz, tembr va dinamika.
Sevimli qo'shiqlarni ovozingizga moslash. Mikrofon, sahnada turish, hayajonni boshqarish.
Birinchi darsdayoq sevimli qo'shig'ingizni kuylaysiz. Keyingi darslarda uni texnika, diksiya va sahna ko'nikmalari bilan boyitamiz.
Umidaxon Tuxtasinova — ROYAL music school vokal yo'nalishining o'qituvchisi. U estrada va akademik vokal texnikalarini birlashtirib, har bir o'quvchi bilan yakka tartibda ishlaydi: ovoz turi, diapazon, yosh va maqsadni hisobga olgan holda shaxsiy dastur tuzadi. Asosiy maqsad — o'quvchi ovozini zo'riqtirmasdan, sog'lom texnika bilan kuylashni o'rgansin va sahnaga chiqishdan zavq olsin.
Darslar individual, haftasiga 2 marta. Formatlar: Start (40 daqiqa), Pro (60 daqiqa) va Abituriyent (40 daqiqa, kirish imtihoniga tayyorgarlik).
Eng arzon narx — yillik abonementda. Boshqa to'lov variantlarini administrator aytib beradi. Birinchi sinov darsi bepul.
Ovoz hammada bor, u mushak kabi mashq bilan rivojlanadi. Musiqiy eshitish ham o'rgatiladi: intervallar, gammalar va takrorlash mashqlari orqali bir necha oyda notaga toza tushasiz. Sinov darsida ustoz ovozingizni tinglab, qayerdan boshlashni aytadi.
5 yoshdan boshlab. Bolalar bilan o'yin shaklida, ovoz apparatiga ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Kattalar uchun yosh chegarasi yo'q.
Vokal yo'nalishida barcha darslar yakka tartibda o'tadi: ovoz har kimda har xil, va ustozning e'tibori faqat sizda bo'ladi. Dars alohida vokal xonasida, mikrofon va fonogramma bilan.
30–40 daqiqa. Ustoz diapazoningizni aniqlaydi, bir nechta nafas va intonatsiya mashqini ko'rsatadi va siz bilan birga sevimli qo'shig'ingizni kuylaydi. Oxirida sizga mos format va jadval tavsiya qilinadi. Hech qanday majburiyat yo'q.
Faqat suv va yoqtirgan qo'shig'ingiz nomini. Qolgan hamma narsa — mikrofon, kolonka, fortepiano, fonogramma — maktabda bor.
Ism va raqamingizni qoldiring — administrator 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilib, sizga qulay kun va vaqtni kelishib oladi.